Britaniyaning Professional Driver jurnali «Yil avtomobili» tanlovining ilk natijalarini e'lon qildi. Unga köra, yollangan haydovçilar uçun BMW 730Ld sedani eng yaxşi avtomobil sifatida tan olingan. Ötgan yili bu toifada birinçi örin Range Rover Portfolio SDV8 yöltanlamasiga berilgan edi.
Hakamlar hay'atiga 80 kişi kirgan bölib, ular orasida haşamatli avtomobillarni haydovçilari bilan ijaraga beruvçi xususiy firmalar rahbarlari, professional haydovçilar va avtojurnalistlar bor.

Professional Driver jurnali vakillarining sözlariga köra, BMW 730Ld uşbu reyting joriy qilinganidan beri eng yuqori ballni qölga kiritgan. Biroq, hakamlar tomonidan uşbu avtomobilga qöyilgan ball e'lon qilinmagan.

Umuman, naşr, yana yettita tasnif böyiça yilning eng yaxşi avtomobilini aniqlaydi. Bular: «Yil avtomobili», «Eng yaxşi vakillik sedani», «Yilning yaşil avtomobili», «Yilning haşamatli avtomobili», «Yil yöltanlamasi», «Yil universali», «Xususiy ijara uçun eng yaxşi avtomobil». Boşqa tasniflar böyiça natijalar hozirça e'lon qilingani yöq.


















