Tojikiston prezidenti Imomali Rahmonning uçinçi qizi Ruhşona Rahmonova Taşqi işlar vazirligi boşqarmasi rahbari örinbosari etib tayinlandi, deb xabar qilmoqda Asia-Plus.
 
Ta'kidlanişiça, Rahmonova taşqi siyosat mahkamasida 10 yildan beri işlab keladi. Avvalroq u Tojikistonning Buyuk Britaniyadagi elçixonasida xizmat qilgan. 
 
Bundan oldin, Tojikiston TIVda prezidentning katta qizi Ozoda Rahmon vazirning birinçi örinbosari lavozimida işlagan. 
 
Davlat rahbarining katta öğli Rustam Imomali esa davlat moliyaviy nazorat va korrupsiya bilan kuraş Agentligi rahbaridir. 

Ma'lumot uçun, Tojikistonni 1992 yildan beri boşqarib kelayotgan Imomali Rahmonning 9 farzandi – yetti qizi va ikki öğli bor.