AQŞning 45-prezidenti Donald Tramp juma kuni milliy xavfsizlik böyiça yangi maslahatçi örinbosari hamda Oq uyning yangi huquqiy maslahatçisi tayinlanişi haqida e'lon qildi. Bu haqida RIA "Novosti" xabar berdi. 

Manbaga köra, milliy xavfsizlik böyiça maslahatçi örinbosari lavozimini sobiq amaldor, hozirda esa Fox News telekanali tahlilçisi Ketlin MakFarlend egallaydi. 

Tramp "Makfarlend yiğilayotgan fantastik jamoaga ulkan tajriba qöşişi"ni ta'kidlab ötdi. U xalq xavfsizligini ta'minlaşdan muhim heç bir narsa yöqligiga urğu berdi. 

Oq uyning boş huquqiy maslahatçisi lavozimiga esa Trampning saylov oldi kampaniyasida xizmat qilgan maşhur huquqşunos Don Makgen tayinlandi. 

Donald Trampning fikriça, Makgen ijobiy xulqi va konstitutsion huquqni çuqur tuşuniş qobiliyatiga ega. Respublikaçi ma'muriyatda uning roli juda muhim bölişini ta'kidladi.  

Tramp boşçiligidagi yangi ma'muriyat 2017 yilning 20 yanvaridagi inaguratsiyasidan söng öz faoliyatini boşlaydi.