Turkmaniston Respublikasi prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Özbekiston Respublikasi boş vazirining birinçi örinbosari Rustam Azimovni qabul qildi. Bu haqda Turkmaniston hukumati matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uçraşuv davomida ikki tomonlama hamkorlikning ustuvor yönalişlari böyiça fikr almaşildi.
Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlik salohiyatini yanada oşiriş, munosabatlarni rağbatlantiriş va gumanitar sohada ham özaro hamkorlik qiliş haqida söz yuritdi.
Muzokaralar markaziga, şuningdek, transport infratuzilmasini şakllantiriş borasida hamkorlikni nazarda tutuvçi fikrlar taşlandi. Aşxabodda bölib ötayotgan Barqaror transport taraqqiyoti tizimi böyiça birinçi xalqaro anjuman bu soha kelajagiga taşlangan ilk qadam bölganligi aytib ötildi.
Şuningdek, Turkmaniston prezidenti YeXHTning boş kotibi Lamberto Zanniyerni, Pokiston Islom respublikasi boş vaziri Muhammad Navoz Şarifni, Xalqaro avtomobil transporti ittifoqi rahbari Umberto de Prettoni va Qozoğiston boş vazirining birinçi örinbosari Askar Maminni qabul qildi.











