Şange.org saytida Özbekiston fuqarolari taşabbusi guruhi nomidan Özbekiston Respublikasi Prezidenti vakolatlarini vaqtinçalik bajaruvçi, Boş vazir Ş.M.Mirziyoyev nomiga murojaat xati (petitsiya) bitildi. 

Unda Özbekistonning bir guruh fuqarolari xorijga safar qilişda talab qilinadigan, ikki yilga beriluvçi çiqiş vizasi mavzusini kötarişgan. 

"Ma'lumki, mazkur viza fuqarolarning horijga çiqişini tartibga soliş maqsadida amalga kiritilgan edi. Muayyan  davrgaça, ya'ni mustaqillikning dastlabki yillarida, bunday amaliyot özini oqlagan bölişi mumkin. Biroq, zamon – XXI asr yangi talablarni oldimizga qöymoqda. Çiqiş vizasi xalqaro me'yorlarga javob bermasligiga e'tiboringizni qaratmoqçimiz. U safar qiliş, sayohatga boriş, yuriş va köçiş erkinligi tamoyiliga ham zid deb öylaymiz. Qolaversa, çiqiş vizasi poraxörlikning kengayişiga ham sabab bölmoqda", - deyilgan petitsiya matnida.

Şuningdek xatda mazkur viza oliş jarayoni bilan boğliq muammolarga töxtalib ötilgan hamda BMT Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining 13.1-bandi keltirib ötilgan. Unda insonning butun dunyo böyiça erkin yuriş, öz mamlakatidan erkin çiqiş va kiriş huquqiga ega ekanligi ta'kidlangan. 

Bundan taşqari, petitsiyada dunyoning deyarli heç bir davlatida bunday viza rejimi yuritilmasligiga e'tibor qaratilgan. 

"Özbekiston Respublikasi jahonning rivojlangan demokratik davlatlar qatoriga kirişni öz oldiga maqsad qilib qöygan ekan va şu yölda bugunga qadar ança islohotlarni amalga oşirganligini inobatga olgan holda, biz, özbekistonliklarga çiqiş vizasini bekor qiliş uçun tegişli qaror qabul qilişingizni taklif etamiz", deb yakun yasalgan petitsiyaga.