UZMOBILE aloqa operatori mobil aloqa operatorlari tarmoqlarining asosiy texnik tavsiflari va körsatayotgan xizmatlar sifatini, “DMTel” kompaniyasi tomonidan ötkazilgan mustaqil soliştirma baholaş natijlariga binoan, ovoz va ma'lumot uzatiş xizmatlarining asosiy körsatkiçlari böyiça eng yaxşi natijalardan birini körsatdi. 



Ölçovlar Toşkent şahri hududida ötkazilgan bölib, 2016 yilning 20 – 28 oktabr kunlari olib borildi. Joriy yilning 23 noyabr kuni Toşkent şahrining «Wyndham Tashkent» mehmonxonasida «DMTel» kompaniyasining “Zamonaviy aloqa tarmoqlarida körsatilayotgan xizmatlar sifati nazorati: uslub, asbob va professional xizmatlar” mavzusida seminar bölib ötib, unda mustaqil izlanişlar natijalari e'lon qilindi. 
Ölçovlar natijasiga binoan, Toşkent şahrida GSM standarti tarmoqli operatorlari içida UZMOBILE mobil aloqa operatori eng yaxşi natijalarni qayd etdi:

Ovoz xizmatlari sifati körsatgiçlari:
• Ovoz xizmatining ulanişi;
• Ovozli aloqa örnatiş vaqti; 
• Ovoz xizmatida nutqning uzatiş sifati. 

Ma'lumot uzatiş sifati körsatgiçlari(2G / 3G/ 4G LTE):
• Ma'lumot yuklaş sessiyalarining muvafaqqiyatliligi;
• Ma'lumotlarni yuklaş örtaça körsatgiçi; 
• WEB-sahifalarni yuklaş sessiyalarining muvafaqqiyatliligi va ularni yuklaş vaqti; 

Şunday qilib, 4 ta mobil aloqa opertorlari orasida ötkazilgan mustaqil ölçov va testlar natijasiga binoan Mobil aloqa milliy operatori  UZMOBILE Toşkent şahrida öz abonentlariga ovoz xizmatlari va ma'lumot uzatiş xizmatlarini taqdim etuvçi eng yaxşi operator unvoniga sazovor böldi. 

Eslatib ötamiz,  UZMOBILE GSM tarmoği tijoratli işga tuşirilişi 2015 yilning aprel oyida HUAWEI texnik hamkori yordamida Toşkent şahri va Toşkent viloyatida amalga oşirildi. Özbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-2126 sonli “Mobil aloqa milliy operatori faoliyatini taşkil etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi Qaroriga muvofiq, butun Özbekiston hududi böylab mobil aloqa milliy operatori