Huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari fuqarolardan kelib tuşgan arizaga asosan ötkazilgan tadbirda bevosita xizmat vazifasini bajariş uçun pora olgan Alibek Mullayev (ism-familiyalar özgartirilgan) hamda unga vositaçilik qilgan Karimjon Rasulovni qölga oldi, deb yozadi “Huquq” naşri.

A.Mullayev 2015 yil boşida Davlat arxivi Marğilon şahar bölimi direktori lavozimiga tayinlangan. K.Rasulov esa Qöştepa tumanidagi sobiq şirkat xöjaliklaridan birida boş hisobçi lavozimida işlagan, şirkat xöjaligi tugatiş komissiyasining a'zosi sifatida arxivga tez-tez qatnab turgan çoğlarida A.Mullayev bilan tanişib qolgandi.

K.Rasulov şu yil mart oyining örtalarida arxivga öz işi bilan boradi va farğonalik tanişi S.Toşqulov bilan körişadi. Tanişi kadastr hujjatlarini tayyorlatmoqçi bölib, Farğona şahrining Beşbola mahallasida yaşovçi fuqarolarning hovli uylariga yer ajratib berilgani xususidagi qarorlar arxivdan çiqmayotganini, ulardan köçirma olişolmayotganini aytadi. K.Rasulov “Arxiv direktori oğaynim, işlaringni hal qilişga yordam berişim mumkin. Ammo har bir fuqaro xizmat haqiga bir mln. sömdan berişi kerak”, deydi. S.Toşqulov ikki nafar fuqaroning hujjatlariga qöşib, 300 AQŞ dollari keltirib beradi. K.Rasulov pullarni arxiv bölimi direktori A.Mullayevga berib qöyadi. Bir neça kun ötib, S.Toşqulov yana uç nafar fuqaroning pasportlari nusxalari va yana 400 AQŞ dollari olib kelib beradi. K.Rasulov bu pullarni öz ehtiyojlariga sarflaydi.

Orada S.Toşqulov Farğona şahriga tutaş sobiq boğdorçilik şirkat xöjaligidan yer olib uy qurgan fuqarolarga ham qarordan köçirmalar tayyorlab berişni söraydi. “Iştahasi karnay” bölib borayotgan K.Rasulov ön olti nafar fuqaroning uy-joyiga çiqarilgan qarorlardan köçirma nusxa olib beriş uçun arxiv direktoriga 300 dollardan – jami 4800 AQŞ dollari keltirib berişni talab qiladi. Undan avvalgi, beşbolalik fuqarolarning uy-joylariga qarorlardan köçirmalarni ham hanuzgaça ololmagan S.Toşqulov huquqni muhofaza qiliş organlariga murojaat qiladi. Söng K.Rasulov bilan telefonda boğlanib, Yozyovonda körişadi. Unga maxsus işlov berilgan 4800 AQŞ dollari, fuqarolarning pasport nusxalarini beradi. Jinoyat ustida uşlangan K.Rasulov uşbu pullarni arxiv direktoriga beriş uçun olganini aytib, ixtiyoriy ravişda tadbirda iştirok etadi. Direktor bilan telefonda boğlanadi. Kelişilgan joyda undan pullarni olgan A.Mullayev ham jinoyat ustida uşlanadi.

Sud hukmi bilan A.Mullayev hamda pora olişida vositaçilik qilgan K.Rasulovga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.