Hozircha Rossiya harbiylari tomonidan Dehqon bayonotiga munosabat bildirilmadi.
Rossiya harbiy-koinot kuchlari bu bazadan joriy yilning avgustida foydalangan, biroq uni tomonlar orasida vujudga kelgan "ba'zi tushunmovchiliklar" sababli tark etgandi.
"Kommersant'" nashridagi manbaning tushuntirishicha, kelishmovchiliklar Moskva Eron bazasini to‘laqonli harbiy obekt sifatida qo‘llashni mo‘ljallagani va u yerda harbiy kurol joylashtirishni rejalashtirgani sababli vujudga kelgan. Biroq Tehronni bu variant qoniqtirmagan. O‘shanda Dehqon rossiyalik harbiylarni "ma'lum darajada o‘zini katta tutishda va nojyentlmencha xatti-harakatda" ayblagandi.
Rossiya Xamadandagi bazada Suriyada terrorchilar pozitsiyalariga qarshi hujumlarda ishtirok etuvchi Tu-22M3 strategik bombardimonchilari va Su-34 ko‘p maqsadli samolyotlarini joylashtirmoqchi bo‘lgan.











