Hindistonning sayyohlik avj olgan Goa ştati naqd pullar kerak bölmaydigan Hindistonning birinçi ştatiga aylanmoqçi. 31 dekabrdan bu ştatdagi barça tölovlarni mobil telefon yoki bank plastik kartoçkasi yordamida amalga oşiriş mumkin böladi. Bu haqda ştat boş kotibi Rajaş Kumar Şrivastava ma'lum qildi.
"Barça tranzaksiyalarni mobil telefon orqali amalga oşiriş mumkin böladi. Pullar xaridorga tegişli bölgan bank hisobidan yeçib olinadi", deb Şrivastavaning sözlarini keltirib ötgan The Times of India naşri. Şrivastavaning aytişiça, bir oydan keyin kiçkina Goada kartmon olib yurişga hojat qolmaydi va "kissavur kasbi ham yöqolib ketişi mumkin".
31 dekabrdan ştat hududida istalgan mahsulotlar, jumladan, baliq, göşt va sabzavotlarga mobil telefondagi ma'lum kodni terib tölovni amalga oşiriş mumkin böladi. Bunda albatta smartfon bölişi şart emas. Bu tizim plastik kartoçka terminallariga ega bölmagan mayda sotuvçilar bilan ham tölovni amalga oşirişga imkon beradi. Mas'ul şaxsning aytişiça, şu bilan birga bankomatlar işlayveradi, dökon yoki mehmonxonalarda plastik kartoçka bilan tölovni amalga oşiriş mumkin böladi. Ştat hududida qoğoz pullar bilan tölovni amalga oşiriş taqiqlanmaydi, biroq bu yerda "naqd pulsiz jamiyat"ga sekin-asta ötilişiga umid qilinmoqda.
Goa Hindistonning nisbatan kiçik ştati bölib, bu yerda 1,5 mln kişi yaşaydi. Bu yerda odamlar yetarliça öziga töq yaşaydi. Bundan taşqari, "jannatmakon ştat"ga köplab xorijiy sayyohlar taşrif buyuradi va ular odatda plastik kartoçkalardan foydalanadilar.












