Gruziya prezidenti Georgiy Margvelaşvili mamlakat boş vaziri lavozimiga Georgiy Kvirikaşvilini tayinlaş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bu haqda 27 noyabr kuni davlat rahbari ma'muriyati xabar bermoqda.

Avvalroq Gruziya parlamenti deputatlari mamlakat yangi hukumatining tarkibini tasdiqlaşgan edi. Boş vazir va yangi hukumatga 110 deputat işonç bildirdi, 19 nafari qarşi çiqdi.

"Gruziya konstitutsiyasining 80-moddasi sakkizinçi punktiga binoan Gruziya boş vaziri etib Georgiy Kvirikaşvili tayinlandi", — deyiladi prezident farmonida.