Klassik şaxmat böyiça Rossiya sobiq çempioni, 20 yoşli grossmeyster Yuriy Yeliseyev Moskva şahrida fojiali tarzda halok böldi.

«Tunda yaqin döstim, ajoyib şaxmatçi va tahlilçi, men tanigan eng iqtidorli insonlardan biri Yuriy Yeliseyev fojiali tarzda halok böldi», – deya yozgan marhumning yaqin dösti, grossmeyster Daniil Dubov «VKontakte» ijtimoiy tarmoği orqali.

U marhumning ölimi tafsilotlarini ham keltirgan. Ma'lum bölişiça, şaxmatçi deraza orqali 12-qavatning balkoniga ötmoqçi bölganida pastga qulagan.

Yeliseyev 2012 yilda kadetlar örtasida jahon çempioni bölgan, 2013 yili esa grossmeyster unvonini olgandi.

16 yoşida u klassik şaxmat böyiça Rossiya çempioniga aylangandi.

Yuriy Yeliseyev FIDe reytingida (Xalqaro şaxmat federatsiyasi) 212-örinni egallab turgandi.