Vengriya poytaxti Budapeşt şahrida bölib ötgan «First Saturday GM» xalqaro turnirida özbekistonlik yoş şaxmatçi Javohir Sindorov muvaffaqiyatli iştirok etib, uçinçi grossmeysterlik talabini bajargani va 12 yoşida jahonning eng yoş xalqaro grossmeysteriga aylangandi.

Yoş grossmeysterni Toşkent şahar hokimligi ajoyib sovğa bilan mukofotladi.

Javohirga Toşkent şahrining Sergeli tumani «Çorboğ» mahallasidagi 102-uydan 3 xonali kvartirani tantanali topşiriş marosimi bölib ötdi.

Sovğani tantanali topşiriş marosimda prezidentning yoşlar, fan, ta'lim, soğliqni saqlaş va sport masalalari böyiça maslahatçisi Abdujabbor Abduvohidov va Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqov iştirok etişdi.