Göyoki Kuba hukumati tomonidan Fidel Kastroning ölimidan keyingi surati çop etilgani haqidagi xabarni tarqatgan Rossiya va ispanzabon OAV lavhada körsatilgan suratni Kastroning 2010 yildagi mumdan yasalgan surati bilan adaştirib qöyişdi.
SPD Noticias naşri Kubaning Cubavision telekanali komandantening ölimidan keyingi suratini tarqatganini ma'lum qilgan. Biroq Cadena Tres saytida suratdagi Kastro uning haykali ekani va bu surat blogerlardan biri tomonidan 2014 yilda El minuto final de Fidel ("Fidelning sönggi daqiqasi") maqolasi uçun işlatilgani ma'lum qilindi. Maqolada göyoki Kastro 88 yoşida ölgani aytilgan.
Yana ham vaqtliroq, 2010 yil iyunda surat Designboom saytida çop etilgan. Bu sayt uşbu suratni Sidneydagi körgazmadagi fotoreportaji davomida olgan. Körgazmada xitoylik rassom Şen Şaomin 5 nafar kommunistik yetakçining mum haykallarini yaratib, öziga xos "Katta beştalik" sammitini yaratgan. Bu "sammit"da Fidel Kastro, Kim Ir Sen, Mao Tszedun, Xo Şi Min va Vladimir Leninning mum nusxalari "iştirok etgan". Oxirgi tört nafarining haykallari oynavand tobutlarda bölgan, Kastro esa karavotda dam olayotgan alfozda tasvirlangan.
Kubaning köp yillik yetakçisi Fidel Alexandro Kastro Rus 25 noyabrda mahalliy vaqt bilan soat 22:29da vafot etdi. Kastroning vafot etganini uning ukasi, Kubaning amaldagi rahbari Raul Kastro milliy televideniye orqali e'lon qildi. Uning aytişiça, komandantening jasadi krematsiya qilinadi, dafn marosimi esa 4 dekabrda bölib ötadi.

















