Parijdagi Greven muzeyidan Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning mumdan yasalgan haykali öğirlab ketildi. Aksiya uçun mas’uliyatni Greenpeace xalqaro ekologik taşkiloti öz zimmasiga oldi.
Qayd etilişiça, öğirlik 2 iyun kuni soat 10:30 larda amalga oşirilgan. Ikki ayol va erkak muzeyga oddiy taşrif buyuruvçi sifatida kirib, hojatxonada muzey xodimlari formasini kiyib olgan. Ular Fransiya prezidentining Yelisey saroyidagi kabinetida tasvirlangan haykalni zaxira çiqiş yöli orqali olib ketgan. Öğrilar qiymati 40 ming yevroga yetadigan Emmanuel Makronning mum haykalini çoyşabga öragan holda olib çiqqan.
Sodir bölgan voqeadan köp ötmay muzeyga özini Greenpeace faoli deb taniştirgan odam qönğiroq qilib, öğrilikni u va hamkasblari sodir etganini ma’lum qilgan.
Makronning haykali Rossiyaning Parijdagi elçixonasi binosi oldiga yetkazilgan. Mum haykal u yerga «Ukraina yonyapti, biznes davom etmoqda» yozuvi tuşirilgan banner bilan örnatilgan. Faollar, şuningdek, «Uran», «Gaz» yozuvlarini ham joylaştirgan bölib, şu orqali Ukraina uruşi fonida Fransiya va Rossiya örtasida davom etayotgan energetik hamkorlikka şama qilgan. Greven muzeyi zudlik bilan politsiyani xabardor qilgan. Holat yuzasidan tergov olib borilmoqda.

















