Fransiya prezidenti Fransua Olland Antananarivuda ötgan fransuzzabon davlatlar sammitidagi nutqida Kubadan barça sanksiyalar bekor qilinişi kerakligini aytdi, deb xabar bermoqda BFMTV telekanali.
Ollandning aytişiça, sanksiyalar Kubaga katta zarar yetkazadi.
"Fidel Kastro vafoti tufayli Kubaga nisbatan barça iqtisodiy çeklovlarni bekor qiliş zarurligi haqida qat'iy işonç bildirmoqçiman. Gavana xalqaro hamjamiyatga qöşilişi va tölaqonli hamkor sifatida qabul qilinişi kerak", deb aytdi Olland.
Olland AQŞ va Kuba örtasida munosabatlar iliqlaşişi e'lon qilingandan keyin "Ozodlik oroli"ga 2015 yil may oyida taşrif buyurgan birinçi davlat rahbari bölgandi.
"Men Kubadagi inson huquqlari buzilişi haqida bir neça marotaba aytgan bölsamda, çeklovlar muammoni hal qilişga olib kelmaydigan bir tomonlama qadam hisoblanadi, deb hisoblab kelganman", deb qöşimça qildi Olland.
Fidel Kastro 25 noyabrda 90 yoşida hayotdan köz yumdi.












