Italiya A seriyasining 14-turidan örin olgan uçraşuvlarda sensatsiya qayd qilindi. Turnir jadvalida yakka peşqadamlik qilib kelayotgan «Yuventus» Genuyada mehmon bölib imkoniyatni boy berib qöydi.

«Atletiko» boş murabbiyi Diyego Simeonening öğli Jiovanni töp suradigan «Jyenoa» birinçi bölimning özidayoq uçraşuv taqdirini hal qilib qöya qoldi. Jiovanni Simeonening özi esa 10 daqiqa içida ikkita gol kiritişga muvaffaq böldi. 3:1 hisobida yakunlangan uçraşuvda turinliklardan yagona javob golini Mirolim Piyaniç 82-daqiqada kiritdi.

Uşbu ğalabadan keyin «Jyenoa» hisobidagi oçkolar soni 19taga yetdi va jamoa 9-örinda bormoqda. Biroq genuyaliklar bitta qoldirilgan uçraşuvni ötkazişlari lozim. Öşa öyinda ğalaba qozonilgan taqdirda jamoa yevrokuboklarda iştirok etuvçi yöllanmalar uçun kuraş olib borişi mumkin böladi.

«Yuventus» esa yöqotişga qaramay çempionatda karvonboşilikni davom ettirmoqda. Biroq endi turinliklar va «Milan» örtasidagi farq 4 oçkogaça qisqardi.

Şuningdek, Italiyada yana bir qator uçraşuvlar bölib ötdi. Natijalar bilan quyida tanişib oliş mumkin.

Italiya A Seriyasi
14-tur

Jyenoa – Yuventus – 3:1 (3:0)
Gollar: Simeone, 3 (1:0); Simeone, 13 (2:0); Sandro, 29 (3:0, avtogol); Pyaniç, 82 (3:1).

Jyenoa: Perin, Itstso, Burdisso, Munos, Lazoviç (Edenilson, 68), Kofi, Laksalt, Rigoni (Gakpe, 87), Rinkon, Okampos (Biraski, 89), Simeone.
Yuventus: Buffon, Bonuççi (Rugani, 33), Benatiya, Aleks Sandro, Lixtştayner (Iguain, 53), Ernanes, Xedira (Sturaro, 70), Kuadrado, Pyaniç, Dani Alves, Manjukiç.
Ogohlantirişlar: Rinkon, 24; Kofi, 81; Biraski, 90+4 – Kuadrado, 77; Sturaro, 90+1.


Krotone – Sampdoriya – 1:1 (1:0)
Gollar: Falçinelli, 43 (1:0); Fernandeş, 71 (1:1).

Bolonya – Atalanta – 0:2 (0:1)
Goly: Maziyello, 15 (0:1); Kurtiç, 68 (0:2).