Xalq ta'limi vazirligi faoliyatining oçiqligi va oşkoraligini ta'minlaş, hamyurtlarimizning sohaga oid taklif, mulohaza va arizalarini zudlik bilan körib çiqiş, qolaversa, tizimda olib borilayotgan islohotlar borasida jamoatçilik fikrini örganiş maqsadida Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi (www.uzedu.uz) işga tuşirildi. Bu haqda Xalq ta'limi vazirligi Axborot xizmati xabar bermoqda.

Bugungi kunda fuqarolar Xalq ta'limi vazirligiga:

-  Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasi;
-  “Işonç telefoni” 10-06;
-  [email protected] elektron poçta manzili orqali murojaat qiliş va qisqa muddat içida öz savollariga javob oliş imkoniyatiga egalar.

Xalq ta'limi vazirining virtual qabulxonasiga murojaatlar amaldagi qonun talablari asosida qabul qilinib, örnatilgan tartibda va qonun bilan belgilangan muddatlarda körib çiqiladi.

Vazirlik tomonidan jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, har bir murojaat ortida inson taqdiri turgani inobatga olingan holda, ularning har biriga asosli javoblar qaytarilmoqda.