... Ismat bozordan uyiga qaytdi-yu, pullarini hisob-kitob qilgaç, örniga çözildi. Qizi Manzura kelib, jiyani Bobomurod çaqirayotganini aytdi. Köçaga çiqqan Ismat jiyanini topolmadi. Bolalar unga akasi Nurmat bozordan qaytişda Bobomurodni sökib, yuziga urganini, Bobomurod yerga yiqilib qolgandan keyin ham toş bilan boşiga urganini aytib berişdi.
“Huquq” gazetasining xabar berişiça, uyga kirib, biroz dam olgan Ismat uyqudan turganida otasining hovlisidan akasining ovozini eşitdi. Yuzini çayib, öğilçasi bilan öşa tomon yurdi. Çorpoya yonida akasi onasiga jiyani bilan janjalning tafsilotlarini tuşuntirayotgan ekan.
Gapdan-gap çiqib, Nurmat Ismatga yopişib, uni döpposlay boşladi. Ismatning közlari qonga töldi. Karavot ustida yotgan piçoqni olib, uni baqirayotgan akasining kökragini möljallab sançdi. Qonni körgan onasi va qayerdandir paydo bölib qolgan xotini Gulmira qiçqirib yuborişdi. Gulmira yugurib kelib, qaynoğasini uşladi. Ismat hezlanib keldi-yu, piçoqni yana ikki bor sançdi.
Jinoyat işlari böyiça viloyat sudida Koson tumanida tuğilgan Ismat Hamroyevning jinoyat işi körildi. Öta şafqatsizlik bilan yaqinlarining köz öngida qotillik jinoyatini sodir etgan I.Hamroyevga ön olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.











