Birlaşgan arab amirliklari infratuzilmalarni rivojlantiriş vazirligi kelajakda 3D-naşr qiliş texnologiyasidan foydalangan holda osmonöpar binolar barpo qilişni rejalaştirmoqda. Bu haqda amirlikda çop etiladigan Khaleej Times naşri yozmoqda.

"Kelgusida vazirlik tomonidan BAA hududi böylab barpo etiladigan binolarning barçasi 3D-printerlarda çop etiladi", — degan vazirlik vakilasi Munira Abdulkarim.

BAA hukumati hisob-kitoblariga köra, uç ölçamli naşr qiliş texnologiyasi qurilişga ketgan muddat va xarajatni 70-80 foizga qisqartiriş imkonini beradi. 

Ayniqsa, 3D-naşrli binolarni Dubayda köpaytirişga e'tibor qaratilmoqda. Hukumat rejalariga köra, 2030 yilga kelib, uşbu şaharda qurilgan binolarning 25 foizi ayni texnologiya yordamida barpo etilgan böladi. Hozirda, Dubayda 3D-printerda çop etilib, tiklangan idora binosining prototipi bor.