Braziliya prezidenti Mişel Temer "Şapekoense" futbolçilari mingan samolyot aviahalokatga uçragani munosabati bilan klubga hamdardlik bildirdi.

Klub Janubiy Amerika kubogi finalida "Atletiko Nasonal"ga qarşi birinçi öyinni ötkaziş uçun Boliviya orqali Kolumbiyaning Medelin şahriga uçgandi.

Samolyot halokati oqibatida bortda bölgan 81 kişidan 76 nafari halok bölgani aytildi. Omon qolgan 5 kişidan biri, jamoa darvozaboni Danilu şifoxonada jon berdi.

Braziliya rahbari bu fojia qurboni bölganlarning oila a'zolari va yaqinlariga barça zarur yordam körsatilişi haqida ma'lum qilgan.

Mamlakatda 3 kunlik motam e'lon qilinib, davlat muassasalarida bayroqlar tuşiriladi.