Şu kunlarda Vatanimiz kelajagi, uning yanada taraqqiy topişi, demokratik islohotlarni izçil davom ettiriş va çuqurlaştiriş, tinçlik-osoyiştalik va barqarorlikni ta'minlaş, xalqimiz uçun munosib turmuş şaroitini yaratiş, yurtimizning rivojlangan davlatlar qatoridan örin olişini ta'minlaşda ğoyat muhim ahamiyatga ega bölgan ijtimoiy-siyosiy voqea – Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi özining hal qiluvçi pallasiga kirdi.
Joylardagi köp sonli uçraşuvlar davomida, ommaviy axborot vositalaridagi çiqişlarda, ijtimoiy tarmoqlardagi özaro fikr almaşuvlarda tadbirkorlar va işbilarmonlar, fermerlar, xalqimizning turli qatlamlariga mansub fuqarolarimiz siyosiy partiyalar tomonidan körsatilgan nomzodlar va ularning saylovoldi dasturlarini keng muhokama qilayotganliklariga guvoh bölib turibmiz.
Biz uçun, eng muhimi, uşbu saylovlarning milliy qonunçiligimiz va xalqaro demokratik tamoyillarga töla mos ravişda ötayotganligi va bu jarayonda yurtdoşlarimizning faol iştirok etayotganligidir. Şuningdek, partiyamiz a'zolari, xalqaro kuzatuvçilar joylarda Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan körsatilgan nomzod Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturini jiddiy qiziqiş bilan muhokama etilayotganini alohida ta'kidlaşmoqda.
Darhaqiqat, barça hududlarda bölgani kabi Xorazm viloyatida ham partiyamizdan Prezidentlikka körsatilgan nomzod Şavkat Mirziyoyevning dasturi, uning viloyat saylovçilari bilan uçraşuvi elektoratimiz vakillari tomonidan qöllab-quvvatlanayotgani, bir söz bilan aytganda, samimiy kutib olinganligini köriş mumkin.
ÖzLiDeP Xorazm viloyati kengaşi raisi Ş.Safarboyev fikriga köra, Şavkat Mirziyoyev dasturida hududlarni yanada kompleks rivojlantiriş masalasi eng muhim vazifalar sirasiga kiritilgan. Xususan, Xorazm viloyatini rivojlantiriş böyiça aniq rejalar işlab çiqilgan bölib, yaqin beş yilda yangi işlab çiqariş quvvatlarini yaratiş, mavjudlarini modernizatsiya qiliş böyiça 645 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş közda tutilmoqda. Birgina misol – eng yirik loyihalardan biri – “UzIksEmJi” Özbekiston – Xitoy qöşma korxonasida 15 million dollar investitsiya hisobidan yiliga 400 dona gidravlik ekskavator va yöl quriş texnikasini işlab çiqariş loyihasi joriy etiladi.
Viloyatimiz nomzodimiz dasturida belgilangan mahalliy xomaşyoni çuqur qayta işlaş imkoniyatiga ega bölgan töqimaçilik sanoatini yanada rivojlantiriş borasidagi vazifalarni hal etişda ham ança salohiyatga ega. Xususan, Boğot, Hazorasp, Şovot, Yangibozor tumanlarida yangi zamonaviy töqimaçilik majmualari iş boşladi. Bugungi kunda viloyatdagi 34 ta qöşma korxonaning 15 tasi yoki qariyb yarmi oxirgi beş yilda, ilgari bunday korxonalar mavjud bölmagan tumanlarda taşkil etilgani e'tiborlidir.
Mavzuga oid
Nomzodimiz tomonidan ilgari surilgan 2017-2021 yillarda töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlar dasturiga asosan mamlakatimizda yaqin beş yilda 2,2 milliard dollar investitsiya jalb etilib, 120 ta yangi korxona taşkil etiş, 20 ta korxonani modernizatsiya qiliş közda tutilmoqda. Buning natijasida töqimaçilik va tikuv-trikotaj mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 2,2 marta ortadi. Xorazm viloyatida bu borada 8 ta investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Natijada tayyor töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 3 barobardan ziyod oşadi.
Yengil sanoat, çarm-poyabzal tarmoqlarida kelgusi beş yilda Urganç şahri, Boğot, Gurlan, Hazorasp, Xonqa va Yangiariq tumanlarida zamonaviy korxonalar taşkil etişni nazarda tutgan 118 ta loyiha amalga oşiriladi. Şuning hisobidan viloyatda paxta tolasini qayta işlaş darajasi bugungi kundagi 46,6 foizdan 2021 yilda qariyb 64 foizga yetkaziladi.
Uşbu loyihalarni hamda quriliş materiallari işlab çiqariş, işlab çiqarişni mahalliylaştiriş sohalaridagi 204 ta loyihaning samarali amalga oşirilişi evaziga Xorazm viloyatida kelgusi beş yilda hududiy eksport hajmini kamida ikki barobarga oşiriş, eksport faoliyatiga kamida 120 ta yangi korxonani jalb etiş imkoniyatini beradi. Bu esa, öz navbatida, viloyatning nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy sohalardagi salohiyatining ham yanada ortişi, yangi qöşimça iş örinlarining yaratilişi, natijada halqimiz farovonligining ortişiga xizmat qilişi şubhasiz.
Ma'lumki, Xorazm vohasi betakror tabiati, YuNeSKO röyxatiga kiritilgan köplab noyob madaniy va tarixiy obidalari, infratuzilma tarmoqlari bilan Özbekistonning yuksak sayyohlik salohiyatiga ega bölgan hududlaridan hisoblanadi.
Şu sababli nomzodimiz viloyatda turizm sohasini yanada rivojlantirişni izçil davom ettirişni taklif etmoqda. Jumladan, kelgusida 25 ta yangi mehmonxona quriş va mavjud 5 ta mehmonxonani kengaytiriş hisobidan ulardagi örinlar soni 2,1 mingtadan 3,17 mingtaga yetkaziş, 22 ta madaniy-tarixiy meros obektida ta'mirlaş va tiklaş işlari bajariş nazarda tutilgan. Bundan taşqari, Boğot, Xonqa, Yangibozor va Urganç tumanlarida Amudaryo sohillarida, “Ğovukköl” va “Eşonravot” köllari böyida soğlomlaştiriş-sayyohlik majmualari barpo etiş ham közda tutilgan.
Şu va sohadagi boşqa tizimli işlarni amalga oşiriş natijasida 2021 yilga borib, viloyatga keladigan xorijiy sayyohlar soni ikki barobar köpayib, ular soni 100 ming nafarga yetişi belgilab olingan.
Nomzodimiz dasturida barça sohalar qatori ijtimoiy sohani rivojlantiriş borasida ham qator tizimli vazifalar belgilab qöyilgan. Avvalo, qişloq aholisining ehtiyoj va talablarini hisobga olib, qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturi qabul qilindi.
Uşbu dasturda qişloq joylardagi daromadi kam bölgan va yoş oilalarni ijtimoiy qöllab-quvvatlaş, qulay va arzon köp qavatli uylarni quriş yöli bilan ularning uy-joyga bölgan ehtiyojini qondiriş, turmuş darajasi va sifatini oşiriş böyiça aniq çora-tadbirlar belgilandi.
Ularga köra, kelgusi yilda 15 mingta ana şunday uy-joy quriladi. Jumladan, Xorazm viloyatida 2017 yilda 1 ming 72 ta namunaviy uy-joy quriş va keyingi yillarda ham bu işlarni izçil davom ettiriş rejalaştirilmoqda.
Nomzodimiz dasturiga köra şahar va qişloqlarimizning qiyofasini tubdan yaxşilaş, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantiriş, aholining turmuş darajasi va sifatini oşiriş böyiça keng kölamli işlar olib boriladi. Xususan, 2017 yilda Urganç şahridagi Tinçlik va Ma'rifatçi köçalarini rekonstruksiya qiliş işlari nihoyasiga yetkaziladi. Amir Temur nomidagi istirohat boği rekonstruksiya qilinadi. Bunday quriliş va obodonçilik işlari barça tuman markazlari va aholi punktlarida ham keng kölamda olib boriladi.
Şuningdek, Urganç şahri va tuman markazlarida zamonaviy loyihalar asosida jami 1472 ta kvartiraga ega 46 ta köp qavatli “Kamolot” uylarini barpo etiş va ularni ijtimoiy hayotimizda faol iştirok etayotgan yoşlarimizga topşiriş möljallanmoqda.
Bundan taşqari, Şavkat Mirziyoyev dasturida yöl-transport infratuzilmasini, havo va temir yöllarini yanada rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratilgan.
Şahar va qişloqlarda transport ta'minotini yanada rivojlantiriş, Xorazmda aholiga transport xizmati körsatiş sifatini oşiriş maqsadida oxirgi 5 yil davomida 393 ta avtobus va 181 ta mikroavtobus sotib olinib, Urganç şahri va şahar atrofi yönalişlariga qöyildi. Bu boradagi işlarni izçil davom ettirgan holda, kelgusi beş yilda yana 169 ta avtobus sotib oliş, 6 ta avtostansiya quriş, çekka hududlarda yaşovçi aholi uçun qöşimça transport yönalişlarini taşkil etiş rejalaştirilgan.
Bundan taşqari, kelgusi ikki yilda qariyb 76 million dollar investitsiya özlaştiriş hisobidan umumiy uzunligi 36 kilometrdan ziyod Miskin – Urganç temir yöl tarmoğini elektrlaştiriş, mavjud 134 kilometr temir yöl tarmoqlari ta'mirlanib, Hazoraspdagi vokzal rekonstruksiya qilinişi nazarda tutilgan.
Nomzodimiz aholini içimlik suvi bilan ta'minlaş masalasiga alohida e'tibor qaratganligi ham bizni quvontirdi. Orolböyi mintaqasida joylaşgan Xorazm vohasi uçun aholini toza içimlik suvi bilan ta'minlaş naqadar dolzarb ekanini barçamiz yaxşi tuşunamiz. Şunday ekan, qişloqlarda içimlik suvi ta'minoti tarmoqlarini kengaytiriş va modernizatsiya qiliş maqsadida yaqin beş yilda Xorazm viloyatida 718 kilometrdan ortiq suv tarmoqlari yangitdan quriladi, 115 kilometr tarmoq esa tubdan ta'mirlanadi. 40 million dollar investitsiya hisobidan Urganç, Xiva va Pitnak şaharlarida kunlik quvvati 80 ming kubometrni taşkil etadigan oqava suvni tozalaş inşootlari hamda 134 kilometr oqava suv tarmoqlari quriladi va rekonstruksiya qilinadi.
Dasturda belgilangan işlarni amalga oşiriş natijasida 220 ming aholini içimlik suvi bilan ta'minlaş yaxşilanib, içimlik suvi ta'minoti darajasi viloyat böyiça 91 foizga yetkaziladi.
Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Prezidentlikka nomzodimiz – Şavkat Mirziyoyev öz saylovoldi dasturida ötgan çorak asr davomida erişgan yutuqlarni yanada mustahkamlaş, ğalabalar bardavomligini ta'minlaşga qaratilgan uluğvor ğoyalar, dasturlarni örtaga taşlaganki, bularning barçasi bugungi kunimizga va albatta ertangi farovon hayotimizga bölgan işonçimizni yanada oşiradi. Negaki, bu dastur buyuk kelajagimizning mustahkam poydevorining mustahkam, işonçli kafolatidir.
Barçamiz uçun Vatan bitta! Bitta maqsad bizni birlaştiradi, u ham bölsa, Vatanimiz taraqqiyotidir!
Muqaddas yurtimiz, bağrikeng xalqimizga sadoqat bilan xizmat qilişni eng şarafli burç deb bilgan nomzodimiz Şavkat Mirziyoyevga ovoz berişga çaqiramiz!
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi