Madrid şahrida çop etiluvçi Marca naşri 14-tur doirasida ötadigan «Barselona» va «Real» jamoalari uçraşuvi borasida fikrlarni biliş maqsadida öz öquvçilari örtasida sörovnoma taşkil qildi.

Muxlislar sörovnomada uçraşuvda kim ğalaba qozonişi haqida öz fikrlarini bildirişlari lozim edi. 

Ötkazilgan sörov natijalariga köra, juda ham kam muxlislar bu uçraşuvda mezbonlar ğalabasiga işonişi ma'lum bölgan. Bor-yöği 14 foiz foydalanuvçilar Luis Enrike şogirdlarining muvaffaqiyatiga işonmoqda. 23 foiz muxlislar uçraşuvda durang qayd etilişini, 63 foiz muxlislar esa öyin «Real» ğalabasi bilan tugaşi haqida fikr bildirgan.