Italiya sohil qöriqlaş xizmati 28 noyabr kuni Örta yer dengizida 1400 atrofidagi muhojirni qutqargan, deb xabar qilmoqda Frans Press agentligi.
"Bu kun juda qiyin böldi, ammo bölinmalar öz işlarini a'lo darajada bajarişgani sabab barça muhojirlar qutqarildi", — deya ma'lum qilgan sohil qöriqlaş xizmati vakili.
Italiya hukumatining ma'lumotiga köra, 28 noyabrda joriy yilda dengiz orqali mamlakatga kirib keluvçilarning eng yirik guruhi röyxatga olingan. Umuman, 2016 yilning ötgan davri mobaynida 171 ming muhojir dengiz orqali suzib kelgan, bu boradagi avvalgi eng yuqori körsatkiç 2014 yilga tegişli bölib, öşanda 170 ming muhojir Italiya orqali Yevropaga qadam ranjida qilgan.
Ötgan haftada Xalqaro migratsiya taşkiloti ma'lum qilganidek, 2016 yilning ötgan oylari davomida 4,7 mingga yaqin muhojir va qoçqinlar Örta yer dengizidan suzib ötiş çoğida suvga ğarq bölgan.

















