Kuvayt hukumati AQŞdan 28 dona köpfunksiyali F/A-18E/F Super Hornet qiruvçi samolyotlarini xarid qiliş ğoyasidan voz keçgani yöq, deb xabar qilgan Kuvayt yangiliklar agentligi. Amirlik mudofaa vazirligi vakili, general-mayor Lafi al-Azamiy şu haqda ma'lum qilgan. 

"Bu bitim Boeing kompaniyasining Kuvaytdan eskirib qolgan Hornet qiruvçilarini qaytarib olişni ham nazarda tutadi… Savdo şartnomasi narxi beş milliard dollardan ortadi", — deb qayd etgan al-Azamiy. 

Şu oyning boşida AQŞ Davlat departamenti Kuvaytga Super Hornet qiruvçi samolyotlarini sotiş bitimini tasdiqlagan edi.

Yil boşida Kuvayt parlamenti amirlik armiyasi uçun yangi qurol-aslaha va harbiy texnika xaridi uçun 10 mlrd dollar ajratiş töğrisida qaror qabul qilgan edi.