Moskva şarqidagi ombordan qiymati 40 million rubl bölgan qizil ikra ömarib ketildi, deb xabar qilmoqda «Interfaks» Moskva IIB matbuot xizmatiga asosan. Bu holat böyiça jinoyat işi qözğatilgan.
Perovo tumanida joylaşgan omborda sodir bölgan öğirlik haqidagi xabar politsiyaga 28 noyabr kuni berilgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idorasi xodimlari öğri (ta'kidlanişiça – bir kişi bu işni amalga oşirgan) binoga devordagi arralangan teşik orqali kirib, umumiy qiymati 39,6 million rubl bölgan losos va keta ikrasi bölgan plastik paketlarni öğirlab, hodisa joyidan yaşiringan.
Internet-dökonlar ma'lumotiga köra, bunday mahsulotning bir kilogrami örtaça 2,5-3 ming rubl turadi.












