Angliyaning «Mançester Yunayted» klubi yarimhimoyaçisi Pol Pogba APL doirasidagi 13-tur, «Vest Hem»ga qarşi uçraşuvdan söng (1:1) fikrlarini bildira turib bu mavsumda jamoasiga omad kulib boqmayotganidan nolidi.
«Biz tez orada özimizni la'natlangan deb hisoblaşni boşlaymiz. Qaysi jamoa kelişidan qat'i nazar, u «Arsenal» böladimi, yoki «Vest Hem» töliq ustunlikka ega bölmoqdamiz, ammo yuta olmayapmiz. Omad ertami, keçmi, bizga kulib boqadi. Men bunga va jamoamga işonaman. Şunçaki kiçik jihatlarga ham e'tiborni oşirişimiz kerak», - deya Pogbaning sözlaridan iqtibos keltiradi Mirror naşri.
Eslatib ötamiz, ötkazilgan 13 tur natijalariga köra, «Mançester Yunayted» 20 oçko töplab APL tarixidagi eng yomon natijasini qayd etib turibdi.












