Tailand hukumati yangi qirolni taxtga kötariş jarayonini boşladi. Bu haqda boş vazir örinbosari Pravit Vongsuvan ma'lum qilgan.

Valiahd Maxa Vaçiralongkornning taxtga çiqişi haqidagi qaror vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilindi. “Şundan söng parlamentdagi tegişli jarayonga kirişiladi”, - dedi Vongsuvan. Uning ta'kidlaşiça, valiahdning hokimiyatni rasman qabul qilişi bir-ikki kun içida amalga oşişi kutilmoqda.

An'anaga muvofiq, parlament raisi valiahdni Rama IX ning ölimidan söng böşab qolgan taxtga kötarilişiga çaqirişi lozim.

Tailand qiroli Pumipon Adulyadet 13 oktabr kuni 88 yoşida vafot etdi. Öşa kuniyoq parlamentning tezkor sessiyasi ötkazilib, unda assambleya rahbari valiahdni taxtga çiqişiga çaqirişi lozim edi. Biroq sessiya töqqiz daqiqalik sukut bilan yakuniga yetgan. Boş vazir Prayut Çan-Oça esa valiahdning özi rasmiy jarayonni amalga oşirişda şoşmaslikka çaqirgani haqida ma'lum qildi. Bunday holatda Tailand qiroli huzuridagi Maxfiy kengaş rahbari, 96 yoşli Prem Tinsulanon muvaqqat podşoga aylandi.

Qirol Pumipon Adulyadetning taxtni özining yagona öğliga qoldiriş qarori esa 2002 yildayoq qabul qilingan.