Okeaniyaning çekka orollarida qoçoqlar vaqtinçalik turargohlarini yopişga çaqirayotgan 40 ga yaqin faol Avstraliya parlamenti yiğilişini töxtatib qöydi, deb xabar bermoqda ABC telekanali.
Aktsiya qatnaşçilari matbuotga möljallangan galereyalarga kirib, “Lagerlarni yopinglar”, “Ularni (qoçoqlarni) bu yerga olib keling”, deb qiçqirişgan. Oxir-oqibat boş vazir Malkolm Ternbullan binoni tark etişga majbur böldi.
"Biz bu yerda sizlar şafqatsizlik böyiça jahon yetakçilariga aylanganingiz uçun yiğildik!", - qiçqirişgan namoyişçilar.
Telekanal xabariga köra, taxminan yarim soatdan söng xavfsizlik xizmati xodimlari namoyişçilarni galereyalardan çiqarib yuborişga muvaffaq bölişgan.
Ma'lumot uçun, Avstraliya özining hududiga kelayotgan qoçoqlarga nisbatan öta qattiq siyosat olib bormoqda. Qit'a qirğoqlariga boşpana topiş maqsadida kelganlarga ularni joylaştirişda rad etiladi. Odatda ularni kelgan mamlakatiga qaytib jönatişadi yoki Nauru mitti davlatiga yuborişadi.
31 oktabr holatiga köra, Manus orolidagi qoçoqlarga möljallangan markazda 872 kişi, Nauru orolida esa 390 inson borligi ma'lum böldi.

















