Yevrokomissiya Yevropa mudofaa jamğarmasini taşkil etiş taklifi bilan çiqdi. Bu hamjamiyatning yangi xavfsizlik strategiyasi doirasida közda tutilgan.
Bu haqda Bryusseldagi matbuot anjumanida iqtisodiy ösiş, raqobatbardoşlik va bandlik masalalari böyiça yevrokomissar Yurki Kataynen ma'lum qildi.
YeK matbuot xizmatining xabariga köra, YeI mamlakatlariga har yili mudofaa uçun 5 milliard yevrodan ajratiş taklif etilmoqda.
Avvalroq, Yevropa Ittifoqi harbiy xarajatlar hajmini keskin oşirmoqçi ekani haqida xabarlar tarqagandi. Xususan, YeI kiberxavfsizlik va razvedka ma'lumotlari yiğimi uçun mablağlar miqdorini köpaytirmoqçi ekani ma'lum qilindi. Bundan taşqari, Yevrokomissiya qurol-yaroğlarning transçegaraviy xaridini oşiriş niyatida.
Mudofaa hamkorligini kengaytirişdan közlangan asosiy maqsad – YeIning oşib borayotgan harbiy xarajatlaridan samaraliroq foydalanişdir.












