"Megafon" "Vympelkom"ga "Yevroset" salonlarini özaro bölişib oliş, brendni esa bekor qilişni taklif qildi. "Yevroset"ni bölişib oliş rejalari haqida "Vedomosti" naşri xabar berdi. Naşrda "Megafon"ning "Vympelkom"ga bu taklifni yuborgani ta'kidlanmoqda. 

Manbaga köra, kelişuvga oid hujjatlar 24 dekabrda imzolanişi mumkin. Biroq kompaniya prezidenti Aleksandr Malisning ta'kidlaşiça, hozirça aksionerlarning "Yevroset"ni bölişib oliş haqidagi kelişuviga erişilmagan. 

Aloqa operatorlari "Yevroset"dan xalos bölişni közlaşmoqda, zero uning biznesi operatorlar vazifalariga ziddir: riteylerning asosiy daromadi telefonlardan, operatorlarga esa  abonentlar bilan şartnomalar zarur. 

OAV "Yevroset"ning ajraliş rejalari haqida birinçi marta oktabr oyi örtalarida söz oçgandi. 

Bugungi kunda  "Vympelkom" va "Megafon"ga "Yevroset"ning 50 foiz (har biriga 50 foiz) aksiyalari tegişli.