2016 yil Venesuelada inflyatsiya darajasi 720 foizni taşkil etmoqda. Şu bois mahalliy dökonlarda pullarni sanab olişda tarozilardan foydalanişmoqda.

Ayni damda mamlakat milliy valyutasining eng yirik kupyurasi qora bozorda 5 AQŞ sentiga teng. Bir bolivar uç tiyindan sal yuqori qiymatda.

Mamlakatda inflyatsiya muammosi şu darajaga yetdiki, mahalliy aholi dökonlarga pullarini ryukzak yoki sumkalarda olib borişmoqda.

Qimmat pişloq sotuvçi mahalliy savdogar Bloomberg agentligiga sözlab berişiça, u pullarni hisoblaş uçun pişloq tortiladigan tarozidan foydalanadi.

Giperinflyatsiya, şuningdek, bankomatlarni ham işdan çiqargan. Çunki ularni har uç soatda töldirib turişga töğri kelmoqda. Ularning ayrimlari hatto işdan çiqqan. 

Mamlakatdagi oğir vaziyat tufayli elektron tölov tizimi ommalaşdi, biroq kiçik biznes vakillari plastik kartalarni qabul qilişni istaşmayapti. Şu bois mazkur texnologiyani joriy etiş darajasi pastligiça qolmoqda.