Litva prezidenti Dalya Gribauskayte 29 noyabr kuni hukumatning yangi tarkibini tasdiqladi, deb xabar bermoqda Delfi.
Imzolangan dekretda dehqonlar Ittifoqi va Sotsial-demokratik partiyadan 11 a'zo bor. Hukumat dastur parlament tomonidan tasdiqlangaç, öz işini boşlaydi.
Ma'lum qilinişiça, davlat rahbari lavozim tayinlovini amalga oşirişiga qadar mahkamaga rahbar bölişga a'zolar bilan şaxsan suhbatlaşgan. Uning sözlariga köra, tanlovda sohadagi boşqariş qobiliyati va doğ tuşmagan nom katta örin tutgan.
Gribauskaytening aytişiça, vazirlar mahkamasi yangi a'zolaridan “avvaldagidan köra yaxşiroq boşqaruvni va xalqning mas'uliyat bilan işlovçi hukumatdan umidlari röyobga çiqişini” kutmoqda.












