Google kompaniyasi Google Earth loyihasi doirasida işlab çiqilgan Timelapse servisini yangiladi. Foydalanuvçilar earthengine.google.com saytida 1984 yildan buyon sodir bölgan özgarişlarni körişlari mumkin. 

Bundan taşqari, Google YouTube'da bir neça eng ta'sirli taymlapslarni çop etdi. Unda şaharlarning ösişi, muzliklarning erişi, dengizlarning qurişi va köplab boşqa narsalarni kuzatasiz. 

Eng yaqqol özgarişlarni örganib, interaktiv xaritani kölamlaştiriş mumkin. Saytda ekologlarda xavotir uyğotayotgan 8 mintaqa alohida ajratilgan: Orol dengizining qurişi, Alyaska muzliklarining erişi, Amazon örmonlarining asta-sekin yöqolib borayotganligi va boşqalar. 

Servis 2013 yilda işga tuşirilgan. Loyihani amalga oşiriş uçun Landsat loyihasi sayyoraning yöldoş orqali olingan suratlarini taqdim etdi. Uşbu loyiha AQŞning geologik xizmati va NASA tomonidan nazorat qilinadi. 1970-yillarning oxirlaridan ularning sun'iy yöldoşi sayyorani suratga olgan, suratlar esa arxivga uzatilgan. Google loyiha ustidan 2009 yilda iş boşlagan bölib, hozirga qadar 5 milliondan ortiq suratlarni işlagan.