Saylov kuni Toshkentda jamoat transporti bepul. «Toshshahartransxizmat» esa bundan bexabar

Foto: Publika.uz
O‘zbekiston Prezidenti saylovi kuni, ya'ni, 4 dekabr sanasida Toshkent metropolitenidan va boshqa turdagi jamoat transportidan foydalanish barcha yo‘lovchilar uchun bepul bo‘ladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Joriy yilning 4 dekabr kuni mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotida katta ahamiyat kasb etuvchi sanadir. Shu kuni davlatimiz Konstitutsiyasiga ko‘ra, ovoz berish huquqiga ega bo‘lgan barcha fuqarolar O‘zbekiston Respublikasi prezidenti saylovlarida ishtirok etadilar, o‘zlari ma'qul deb bilgan nomzod uchun ovoz beradilar.
Toshkent shahrida saylovlarning yuqori tashkiliy darajada o‘tkazilishi, saylovchilar hamda tadbir tashkilotchilariga yanada qulayliklar yaratish maqsadida 4 dekabr kuni Toshkent shahridagi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovchi avtobuslar hamda metro qatnovi soat 05:00dan boshlanishi va kun davomida yo‘lovchilarga bepul xizmat ko‘rsatishini ma'lum qilamiz.
Barchani o‘z konstitutsiyaviy huquqidan foydalanib, yurt kelajagi uchun ovoz berishga chaqiramiz!» , — deyilgan xabar matnida.
Ayni vaqtda metroda va avtobuslarda yo‘lovchilarga 4 dekabr kuni jamoat transportlari bepul bo‘lishi haqida ma'lum qilinmoqda.
«Kun.uz» tahririyati bu ma'lumotga oydinlik kiritish maqsadida «Toshshahartransxizmat» AJ xodimi bilan bog‘langanida, tashkilotda bunday ma'lumot yo‘qligi bildirildi.
Ayni vaqtda tashkilot saytida ham bu haqda xabar berilmagan.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yer qarida ulkan oltin zaxiralari borligi aniqlandi
Jahon | 00:12
-
Malta iyun oyida Falastin mustaqilligini tan oladi
Jahon | 23:20 / 25.05.2025
-
SpaceX kompaniyasi Starship kemasi portlashiga nima sabab bo‘lganini e’lon qildi
Jahon | 22:35 / 25.05.2025
-
AQSh Federal zaxira tizimi sobiq xodimi Xitoy foydasiga josuslik qilganlikda ayblanmoqda
Jahon | 21:46 / 25.05.2025
Mavzuga oid

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

07:39 / 08.05.2025
O‘zbekistonda qancha yangi avtobus yo‘nalishlari ochilgani ma’lum qilindi

20:33 / 01.05.2025