Özbekiston sobiq ittifoq hududida iqtisodiy integratsiyaning rivojlanişini e'tibor bilan kuzatişda davom etadi, biroq hozirça Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Bojxona ittifoqiga kirişni öziga foydali deb hisoblamaydi, deb aytdi Özbekiston taşqi aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri örinbosari Şavkat Tölaganov. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda. 

"Özbekiston birinçi navbatda bizning manfaatlarni hisobga olgan holda u yoki bu integratsion taşkilotlar, tuzilmalar a'zosi hisoblanadi. Birinçi asosiy ustuvor vazifa biz Özbekistonda qaror qabul qilinişiga ta'sir qiladigan biror tuzilmaga ega bölmasligimizdir. Biz erkin savdo hududi, MDH a'zosi hisoblanamiz. Bu barça kelişuvlar bizga normal savdo va boşqa munosabatlarni olib borişga imkon beradi. Bizning mutaxassislar tomonidan çuqur örganişlar Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi yoki Bojxona ittifoqida a'zolik Özbekistonga ustunliklar bermasligi yoki aksinça, qandaydir pozitsiyalar böyiça bizni çeklaşi mumkinligini körsatdi", deb tuşuntirdi Tölaganov.

"Bu integratsion tuzilmalarning rivojlanişini e'tibor bilan kuzatamiz. Agar biz uçun iqtisodiy tomondan heç qanday qiyinçiliklar yoki çeklaşlar bölmaydi, deb hisoblasak, unda bu tuzilmalarga kiriş masalasini körib çiqamiz. Biroq bugungi kunda bizda bu borada aniq yönaliş, qaror bor va biz hozirça qandaydir yangi integratsion tuzilmalarga kirişni rejalaştirmayapmiz", deb qöşimça qildi Tölaganov.

Tölaganovning fikriça, bu siyosat 4 dekabrda bölib ötadigan Özbekiston prezidenti saylovlaridan keyin ham davom ettiriladi.

"Prezidentlikka nomzodlar taşqi siyosat, taşqi iqtisodiyotdagi asosiy yönaliş bizning birinçi prezidentimiz tomonidan körsatilgan yönalişlarga asoslanişini aytib ötdilar", deb ta'kidlab ötdi Tölaganov.