Ibrohimbek kuni böyi pul izlab, ovora böldi. Yangi yil arafasi, hamma öz taşvişi bilan band. Pul topolmay, asabi taranglaşdi. Özi, birovning “Damas”ini ijaraga olib, kirakaşlik qilib yurgandi. Nima böldi-yu yöl nazoratçilari uni töxtatib, hujjatlari joyida bölmaganligi uçun maşinani jarima maydonçasiga qöyişdi. Eng kam iş haqining ön barobari miqdorida jarima tölaşi kerak ekan. Endi jarimani tölaşi, maşinani olib çiqib, pul işlaşi kerak. Ijara puli ham oz emas... Ibrohimbek çora izlab, keçasi yana köçaga çiqdi. Xayol bilan bölib vaqt yarim tundan ötib ketganini ham sezmay qoldi, deb yozadi “Huquq” gazetasi.

Yöldan ötayotgan oq rangli “Damas”ga qöl kötarib, töxtatdi. Haydovçi maşinada yolğiz ekan. Ibrohimbek orqa eşikni oçib, “Lagandi qişloğiga borib kelaylik, oilamni olib kelişim kerak edi”, degan edi, haydovçi yölkira uçun 20 ming söm söradi. Ibrohimbek unga pulning bir qismini uzatib, qolganini qaytganlarida berişini bildirdi.

Yölga tuşişdi. Ibrohimbek xayoliga kelgan rejasini pişitiş bilan band edi. Tallikuron qişloğidagi çorrahaga yetganda Ibrohimbek maşinani çapga burişni buyurdi. Bir muddat yurişgaç, haydovçi “Lagandi bu tomonda emas-ku”, deb qoldi. Hamon öz xayoli bilan band bölgan Ibrohimbek çaynalganiça, adaşganini aytdi. Ortga qaytişdi. Kasbi yölidan ketişdi. Kollej binosidan ötib, Lagandining içki köçasi böylab biroz yurib, çapga burilişdi. Ibrohimbek öziça yöl körsatib bordi.

Nihoyat Ibrohimbek haydovçidan köçaning oxirida maşinani töxtatib, biroz kutib turişni söradi. Maşinadan tuşib, u yoq-bu yoqni aylanib kelgaç, haydovçiga “Poççam mast bölib, opamni uribdi. Iltimos, menga yordam bering, men kelganimni bilsa, qoçib ketadi”, dedi. Haydovçi şoşgança “Damas”dan tuşayotganida maşinani öçirmasligini tayinladi. Söng unga qaysi tomondan borişini ayti-yu, özi devor ortiga yaşirindi.

Haydovçi mijozning yarim tundagi iltimosini yerda qoldirmay, yölakçadan uy tomon ketayotgandi, maşinasining eşigi oçilib-yopilganini, çiroqlari yoqilib, yurib ketganligini kördi-yu, orqasiga yugurdi. Ammo uning “hay-hay”laşi befoyda edi. “Damas” bir zumda qoronğilik qöyniga ğoyib böldi...

Haydovçi biroz öylab turgandan keyin akasiga qönğiroq qildi. Özi esa qoronği qişloq köçalari böylab katta yölga oşiqdi. Akasi yetib kelgaç, uning maşinasida şu atrofdagi köçalarni qarab çiqişdi. “Damas” yer yutganday izsiz yöqolgandi. Oxiri içki işlar bölimiga xabar berişga majbur bölişdi...

Ibrohimbek maşinani momosining Arabxona mahallasidagi uyi tomon haydadi. Momosi va bobosining Yakkaboğ tumaniga ketişganini bilardi. Darvozani oçib, “ölja”ni hovliga kiritdi. Tunning qolgan qismini maşinada ötkazdi.