Istiqlol ğoyalarini izçil, oğişmay davom ettiriş va mustahkamlaşni özining eng muhim burçi, deb bilgan BIZNING NOMZOD ŞAVKAT MIRZIYoYeV öz Saylovoldi dasturida millatlar-aro döstlik va fuqarolararo totuvlikni saqlaş, taşqi siyosatda özini oqlagan prinsiplar va yondaşuvlarga töliq amal qiliş, yurtimiz xavfsizligini, tinçligini va barqarorligini ta'minlaş muhim ahamiyat kasb etişini alohida ta'kidlagan. Zero, tinçlik va osoyiştalik qaror topmagan joyda xalq farovonligini ta'minlab bölmaganidek, qonun ustuvorligiga erişmay turib rivojlangan va barqaror jamiyat barpo etib bölmasligi tayin.

Saylovoldi dasturida belgilanganidek, sud-huquq sohasidagi islohotlarning asosiy vazifasi sud hokimiyatining mustaqilligi töğrisidagi konstitutsiyaviy normalarga sözsiz rioya etişni, fuqarolarning huquq va erkinliklari işonçli himoyasini, odil sudlovning mustahkam kafolatini, odil sudlovni amalga oşiriş -faoliyatiga aralaşganlik uçun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlaşdan iborat.

Ta'kidlaş joizki, uşbu çoralar inson va uning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari oliy qadriyatga aylangan demokratik huquqiy davlat va adolatli fuqarolik jamiyatini şakllantirişning eng muhim omili bölgan sud-huquq tizimini demokratlaştiriş borasida mamlakatimizda istiqlolning ilk yillaridan amalga oşirilayotgan islohotlarning mantiqiy davomi hisoblanadi. Mazkur islohotlar zamirida pirovardida fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini samarali himoya qiliş, ularning şaxsiy daxlsizlik va odil sudlovga bölgan huquqlarini ta'minlaş, hokimiyat tarmoqlari örtasida mutanosiblik va barqaror muvozanatga erişiş, jinoiy va ma'muriy jazo tizimini izçil erkinlaştiriş maqsadi mujassamdir.

Partiyamizdan körsatilgan nomzod sud-huquq sohasida hali-hanuz kuzatilayotgan dolzarb muammolarni kötarib çiqdi. Jumladan, sudda işlarni körib çiqişda yöl qöyilayotgan sansalorlik holatlari aniq körsatib ötildi. Keyingi yillarda sudlar tomonidan birorta ham oqlov hukmi çiqarilmaganini, bundan taşqari, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligi, asoslangani va adolatliligini ta'minlaş sohasida ma'lum kamçiliklar mavjudligini  qayd etdi. Tabiiyki, bu muammolar fuqarolarning haqli ravişda noroziligini keltirib çiqarmoqda. Joriy yilning 9 oyida Boş prokuraturaga, Oliy sud va Adliya vazirligiga kelib tuşgan murojaatlarning qariyb 30 foizi bevosita tergov-sud faoliyati va sud qarorlari ijrosi sohasidagi masalalar bilan boğliqligi ham buning yaqqol dalilidir.

Şu munosabat bilan Şavkat Mirziyoyev tomonidan yuqorida körsatilgan muammolarni hal qilişning aniq usullari, sohani yanada isloh etiş, fuqarolar huquqlarining işonç¬li himoyasini kuçaytiriş hamda odil sudlovni ta'minlaşning puxta öylangan strategiyasi taklif etildi. Saylovoldi dasturida sudyalarning vakolat muddatlarini uzaytirişga alohida e'tibor qaratilgan. Sudyalik lavozimiga birinçi marotaba beş yil muddatga va keyin ön yil muddatga, şundan söng muddatsiz davrga ta¬yinlaş taklif etilmoqda. Bu qadam xalqaro standartlarga töliq mos keladi hamda rivojlangan demokratik davlatlarning ilğor tajribasiga asoslangan. Çunonçi, AQŞ, Germaniya, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi taraqqiy etgan mamlakatlar amaliyotini örganiş şuni körsatdiki, sudyalarning çinakam mustaqilligiga erişiş uçun ularni moddiy qöllab-quvvatlaş va ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş bilan birga, odil sudlov faoliyati bilan uzoq va barqaror şuğullanişi uçun imkoniyat yaratiş lozim.