Qozoğistonliklar Birinçi Prezident Kunini nişonlaşmoqda, deb xabar qiladi Tengrinews.kz. Mamlakatning barça tumanlarida bayram tadbirlari ötkazilmoqda. 

Eslatib ötamiz, QR Senati 2011 yilda bunday bayramni ta'sis etiş töğrisida qonun qabul qilgan. 

Toldiqörğonda Birinçi Prezident kuniga atab Nazarboyev haykali oçildi. Şuningdek, parlament deputatlari Qozoğiston poytaxti nomini özgartirişni ham taklif qilişdi. Ammo davlat rahbari bunga qarşi çiqdi.

Bugun esa QR Milliy banki yubiley banknotalarni muomalaga kiritdi. Nazarboyev tasvirlangan esdalik banknotasi kök-moviy rangda tayyorlandi.

Foto: Tengrinews.kz

Ma'lumot uçun, Nursulton Nazarboyevning birinçi inauguratsiyasi 1991 yilning 10 dekabr kuni ötkazilgan. U Olmaotadagi Respublika saroyida Oliy Kengaş deputatlari iştirokida bölib ötgan.

Marosimda harbiy parad va kortej bölmagan. Prezident QR Konstitutsiyasiga qölini qöyib, mamlakat xalqiga qasamyod qilgan.

Şundan söng esa unga QR Prezidenti guvohnomasi topşirilgan. Öşandan beri beşta şunday marosim ötkazildi.