Respublikamizning Andijon, Namangan, Farğona, Qaşqadaryo, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toşkent viloyatlari, Toşkent şahri va Qoraqalpoğiston Respublikasi hududlarida Yangi Milliy telekanali raqamli televediniye orqali efirga uzatila boşladi.
Milliy TV'ni ulaş uçun televizor yoki resiverning (tyunerning) avtoqidiruv tizimidan foydalanib kanallar qatoriga qöşiş talab qilinadi.
Yaqin kunlarda Milliy TV'ni Xorazm, Surxondaryo va Buxoro viloyatlarida yaşovçi teletomoşabinlar ham körişlari mumkin böladi. Şunday ekan, dekabr oyining oxirigaça Milliy TV dasturlarini butun Özbekiston Respublikasi böylab kuzatiş imkoniyati paydo böladi.












