OPeK a'zolari ikki yil avval qazib olişni qisqartirişga ovoz berişgaç, neft narxlari keskin tuşib ketdi. RBC Capital Markets tadqiqot guruhi 14 iştirokçi-mamlakat reytingini tuzib çiqdi. Undagi har bir davlat 1 dan 10 gaça ballni oldi. 1 – mamlakatdagi ahvol yaqin yillarda barqaror böladi, 10 – vaziyat juda ham murakkab.
Qatar
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 2 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,62 mln barrel
2015 yil olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 0,67 mln barrel
Qatar – tabiiy gaz sohasidagi eng yirik öyinçidir. Tahlilçilarning fikriça, “mamlakat yaqin ön yil davomida jiddiy muammolarga duç keladi”.
Birlaşgan Arab Amirliklari
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 2 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 3,11 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 2,88 mln barrel
Forz körfazining boşqa davlatlari kabi BAA ham neft narxlarining tuşib ketişiga yaxşiroq tayyorgarlik körgani ma'lum böldi. Biroq, ular ham xarajatlarni jiddiy kamaytirişdi.
Kuvayt
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 3
Mavzuga oid
Ötgan oyda olingan neft hajmi:
kuniga 2,96 mln barrel
2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi:
kuniga 2,85 mln barrel
Kuvayt aholisi unçalik bölmasa-da, davlat mustaqil jamğarmasi juda ham katta zaxiraga ega. 2016 yilda esa mamlakatda tuşunarsiz holatlar yuz bera boşladi. Aprelda neftçilar hukumat tomonidan qisqartiriş haqidagi taklifga javoban iş taşlaş haqida e'lon qilişdi. Amir esa yaqinda parlamentni tarqatib yubordi. Bu holat deputatlar va hukumat örtasida yoqilğiga bölgan narxlarning oşişi sabab yuzaga kelgan bahslar tufayli sodir böldi.
Indoneziya
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 3 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,74 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: 0,79 mln barrel
Indoneziya iqtisodiyotga Xitoyga qattiq boğlanib qolgan. Davlatga tegişli bölgan Pertamina neft kompaniyasi 2017 yilda işlab çiqarişni 42 foizga oşirmoqçi ekani ham ma'lum böldi
Eron
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 5 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 3,68 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 2,81 mln barrel
Erondan yaqinda sanksiyalar olib taşlandi. Biroq Donald Tramning AQŞdagi saylovlarda ğalaba qozonişi mamlakat uçun salbiy oqibatlarga olib kelişi mumkin.
Ekvador
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 5 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,56 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 0,54 mln barrel
Ekvadorda aprelda yuz bergan kuçli yer silkinişidan söng Xitoy har tomonlama yordam qölini çözdi. Şundan söng, davlatlar örtasida özaro hamkorlik yanada kuçayib, iqtisodiy döstlik mustahkamlandi.
Angola
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 6 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 1,66 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 1,8 mln barrel
Angola ötgan yili Afrikadagi eng yirik neft oluvçi davlatga aylandi. Biroq, mamlakatda pulning qadrsizlanişi yuqori darajaga yetgan. Hukumatda ham korrupsiya bilan boğliq majoralar avj olgan.
Saudiya Arabistoni
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 6 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 10,58 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 10,24 mln barrel
Ma'lumki, Saudiya Arabistoni OPeKning eng muhim a'zosi sanaladi. Taşkilot tomonidan olinayotgan mahsulot miqdorini qisqartiriş ham uşbu davlat tufayli amalga oşişi mumkin.
Gabon
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 6 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,2 mln barrel
2015 yilda olingani neftning örtaça hajmi: kuniga 0,21 mln barrel.
Mamlakatdagi sönggi prezidentlik saylovi norozilik namoyişlari sabab ötkazildi. Rasmiy ma'lumotlarga köra, aksiyalarda uç kişi halok bölib, 105 inson jarohatlandi va 800 ga yaqin namoyişçi hibsga olindi
Jazoir
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 8 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 1,11 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 1,1 mln barrel
Jazoir birdaniga ikki muammo bilan töqnaş keldi: moliyaviy inqiroz va terrorçilik xavfi. Şu bilan bir qatorda, mamlakatning 79-yoşli prezidenti Abdulaziz Buteflikaning soğliği ança yomonlaşgan.
Iroq
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 9 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 4,59 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 4,03 mln barrel
Iroq hukumati neft olişni qisqartiriş IŞID bilan kuraşda yordam berişini bildirmoqda. Biroq, mamlakat moliyaviy ahvoliga neftning arzon narxlari köproq xavf soladi.
Liviya
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 9 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 0,52 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 0,39 mln barrel
Muammar Qazzofiy hukumatdan yiqitilgaç, Liviyada katta tartibsizliklar yuzaga keldi. Hozirda ham bu yerda avvalgi neft darajasini tiklaş imkoni deyarli yöq.
Nigeriya
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 10 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 1,67 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 1,94 mln barrel
Bu yerdagi vaziyat asosan qaşşoqlik, korrupsiya va qurol-yaroğ tufayli beqarordir. Nigeriya ham xuddi Liviya singari mavhum öyinçilardan biri sanaladi.
Venesuela
Foto: Insider.pro
Joriy yildagi xavf: 10 Ötgan oyda olingan neft hajmi: kuniga 2,18 mln barrel 2015 yilda olingan neftning örtaça hajmi: kuniga 2,36 mln barrel
Venesuelaga ayni kunlarda siyosiy va iqtisodiy halokat xavf solmoqda: iqtisodiyot tanazzulga yuz tutgan, tölov nisbati ham eng pastki darajada, pulning qadrsizlanişi oşib bormoqda, oziq-ovqat va birinçi galdagi tovarlar yetişmaydi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi