Braziliya chempionatida joriy mavsum chempionligini muddatidan oldin rasmiylashtirgan «Palmeyras» klubi mamlakat chempionatining so‘nggi, 38-turida «Shapekoense» futbolkalarida o‘ynashga qaror qildi.
Bu bilan jamoa aviahalokatda nobud bo‘lgan «Shapekoense» futbolchilari xotirasiga hurmat bajo keltirishni niyat qilgan.
Qayd etish kerakki, «Palmeyras» bilan chempionatning 37-turi doirasida kechgan bahs «Shapekoense» uchun Braziliya chempionatidagi so‘nggi o‘yin bo‘lib qoldi.
29 noyabrga o‘tar kechasi «Shapekoense» klubi samolyoti Kolumbiyada halokatga uchradi va jamoaning asosiy tarkibining deyarli barcha vakillari halok bo‘ldi.
Braziliya futbol federatsiyasi Kolumbiyadagi aviahalokat munosabati bilan 7 kunlik motam e'lon qildi.
Federatsiya Kolumbiyadagi aviahalokat munosabati bilan mamlakat chempionatining so‘nggi tur uchrashuvlarini 11 dekabrga qoldirdi.















