BAAda klublar örtasidagi jahon çempionati yakunlandi. 

Finalda YeÇL ğolibi «Çelsi» va Libertadores Kubogi çempioni «Palmeyras» özaro bahs yuritişdi. Öyinning asosiy vaqtida kuçlar teng keldi. Lukakuning goliga Veyga javob berdi. Qöşimça bölimlarda esa Haverts penaltidan ğalaba töpini kiritdi.

Şu tariqa London klubi öz tarixida ilk bor uşbu turnirda ğoliblikni qölga kiritdi.

Klublar örtasidagi JÇ. Final

Çelsi (Angliya) — Palmeyras (Braziliya) 2:1
Gollar: Lukaku (55), Haverts (117, penalti) — Veyga (64, penalti).
12 fevral. Abu Dabi. «Muhammad bin Zayd Stedium»
Çelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen (Sarr, 91), Kovaçiç (Ziyoş, 91), Kante, Maunt (Pulişiç, 31), Haverts, Lukaku (Verner, 76), Hadson-Odoi (Saul, 77). 
Palmeyras – Ueverton, Markos Roşa (Deyverson, 118), Gomes, Luan, Pikeres, Skarpa, Ze Rafael (Jailson, 60), Danilo, Rafael Veyga (Atuesta, 78), Roni (Vesli, 77), Dudu (Rafael Navarro, 103).
Ogohlantirişlar: Uesli (105), Haverts (118).