Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini kuzatiş uçun mamlakatimizga xorijiy davlatlar va xalqaro taşkilotlar vakillari kelmoqda.
ÖzA muxbiri saylov jarayonini yoritiş uçun kelgan xorijlik jurnalistlarning fikrlari bilan qiziqdi.
Robert Fransev, Rossiya-1 va Rossiya-24 telekanallari jurnalisti:
– Kasbim taqozosi bilan Özbekiston jurnalistlarining faoliyatini kuzatib boraman. Mamlakatingiz fuqarolari saylov qonunçiligidan, Prezidentlikka nomzodlar haqidagi ma'lumotlardan yaxşi xabardor. Bu Özbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining demokratik, oçiqlik hamda oşkoralik tamoyillariga muvofiq ötişi va saylovçilarning özlariga munosib nomzodni tanlaşlariga keng imkoniyat yaratadi.
Abu Şixada Mayn, Ömon Sultonligining Özbekistondagi elçixonasi matbuot bölimi xodimi:
– Özbekiston saylov qonunçiligi va tizimi yildan-yilga takomillaşib bormoqda. Saylov kampaniyasining ilğor jihatlaridan biri Prezidentlikka nomzodlar uçun saylovoldi taşviqotini olib borişda teng imkoniyatlar yaratilganidir. Buni ommaviy axborot vositalaridagi taşviqot materiallari, köçalarga örnatilgan bannerlar misolida ham yaqqol köriş mumkin. Birinçi marta ovoz beradigan fuqarolarga alohida e'tibor qaratilişi ham diqqatga sazovor. Yoşlarni mamlakat siyosiy hayotiga jalb qiliş barqarorlikni mustahkamlaşning muhim omillaridan biridir. Özbekistondagi Prezident saylovi adolatli, oçiq va demokratik ruhda ötişiga işonamiz.
Leyla Orujova, Ozarbayjonning Özbekistondagi elçixonasi maslahatçisi:
– Özbekiston saylov qonunçiligiga köra Markaziy saylov komissiyasiga saylovga tayyorgarlik köriş va uni ötkaziş böyiça mutlaq vakolatlar berilgan. Bunday maqom saylovni taşkil etiş va ötkaziş jarayonida qonuniylikni ta'minlaş, saylovçilarning öz xohiş-irodasini erkin ifoda etişi uçun zarur şart-şaroitlar yaratişga xizmat qiladi. Saylov töğrisidagi qonunlarda xalqaro tajriba va mamlakatingiz amaliyoti hisobga olingan holda, saylov jarayonining barça bosqiçlarida siyosiy partiyalardan kuzatuvçilar, OAV vakillari, boşqa davlatlar, xalqaro taşkilotlardan kuzatuvçilar iştirok etişi mustahkamlangani yuksak e'tiborga loyiq.











