Furqat tumanida yaşovçi 27 yaşar Akmaljon Kandiyev 2014 yilning fevral oyi boşida qarindoşi E.Homidovga (ism-familiyalar özgartirilgan) Rossiya Federatsiyasining Krasnodar şahridagi boyvaççaning uyini quriş uçun ustalar kerakligini aytadi, deb yozadi “Huquq” naşri.

Qarindoşi bu gapni ukasi J.Zoirovga yetkazadi. J.Zoirov esa beşariqlik usta – qarindoşi A.Raimov bilan boğlanadi. Ular xorijga işga otlanişadi. Biroq A.Raimovning onasi iş beruvçini sörab-suriştirmoqçi böladi. A.Kandiyev Beşariqqa borib, Z.Raimova bilan körişadi. “Öğlingiz qurilişda işlaydi, qum suvoq va alebastr suvoq işlarini qiladi. Oyiga 400 AQŞ dollari iş haqi oladi”, deya onaxonni işontirdi. Yölda tasodifan tanişgan M.Javodovni ham xorijdagi serdaromad işga qiziqtirib qöyadi. 

Şu tariqa A.Kandiyev fevral oyi örtasida J.Zokirov, A.Raimov va M.Javodovni Krasnodar şahriga boşlab ketadi. Ularning pasportlarini yiğib olib, iş beruvçi bilan oyiga 400 AQŞ dollaridan iş haqi tölaşga kelişadi. Ustalarni esa “Iş haqinglarni özim olib, uylaringga jönatib turaman”, deb işontiradi.

Tört oy işlaşgan yigitlar A.Kandiyevdan iş haqlarini söraşganda “uylaringga jönatib turibman”, degan javobni eşitişadi.

J.Zoirov akasi E.Homidov bilan telefonda boğlanganida, köp narsa oydinlaşadi.

-  Aprel oyida Akmal telefon qilib, 700 dollar jönatganini aytgan edi, - deydi E.Homidov telefonda ukasiga. – Bankka uçrasam, 150 dollar kelibdi, xolos. Akmalga telefon qilsam, notöğri kodga jönatibman, dedi-yu, telefonini öçirib qöydi. Boşqa pul jönatgani yöq.

Şundan söng, J.Zoirov şeriklari bilan uy egasiga uçrab, qurilişni tugatganini aytib, iş haqini söraydi. Uy egasi iş haqini oyma-oy Akmalga tölab turganini aytib, hisob-kitob varağini ularga beradi. Şundan keyingina A.Kandiyev iş haqlarini olgani, ammo işlatib qöyganini tan oladi. Biroq, “ana beraman, mana beraman”, deya ularni bir yarim yil mobaynida aldab yuraverdi. Aldangan ustalar huquqni muhofaza qiluvçi organlarga murojaat qilişadi.

Çorasiz qolgan A.Kandiyev avvaliga ustalarga 333 ming sömdan, 1 mln. söm berib, “qolganini keyin beraman”, deb aravani quruq olib qoçmoqçi böldi.

Sud A.Kandiyevdan jabrlanuvçilarga mehnat haqlarini undiriş, özini 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş töğrisida hukm çiqardi.