Özbekiston milliy terma jamoasi 2017 yilning 12 fevral kuni Turkiyaning Antaliya şahrida Armaniston terma jamoasi bilan örtoqlik uçraşuvi ötkazadi. Bu haqda Özbekiston futbol federatsiyasi xabar berdi.

Öyin milliy terma jamoaning 9-13 fevral kunlari Turkiyada taşkil qilinadigan öquv-maşğulot yiğinlari doirasida ötkaziladi.

"Özbekiston Futbol Federatsiyasi mart oyida davom ettiriladigan jahon çempionati saralaş öyinlari doirasidagi Suriyaga qarşi öyin oldidan bir qança futbol uyuşmalariga örtoqlik uçraşuvi ötkaziş borasida öz taklifini yuborgan. 12 fevraldagi taklifga faqat Armaniston Futbol Federatsiyasi rozi bölgan. Uşbu kelişuvga erişişda ikki federatsiya örtasidagi yaqin hamkorlik katta ahamiyat kasb etganligini alohida ta'kidlaş kerak", deyilgan xabarda.

12 fevral FIFA taqvimiga kirmagan sana bölgani sababli ikkala terma jamoa ham legionerlarsiz, içki çempionatda öynaydigan futbolçilardan iborat tarkib bilan öyinga tayyorgarlik köradi.

Samvel Babayan Turkiyadagi yiğinga legionerlarni çaqira olmagani uçun terma jamoaga nomzod bölgan milliy çempionatda öynaydigan futbolçilarni sinovdan ötkazadi.

“Biz terma jamoaning yaqin kelajakdagi zaxirasini mustahkamlaş uçun, jamoa tarkibiga yangi futbolçilarni jalb qiliş maqsadida uşbu yiğinni taşkil qilyapmiz. Milliy çempionatimizda mavsumni kötarinki kayfiyatda ötkazgan futbolçilarni sinovdan ötkaziş boş maqsadimiz”, - deydi Samvel Babayan.

Özbekiston terma jamoasi jahon çempionati saralaş öyinlarini 23 mart kuni Suriyaga qarşi safardagi öyin bilan davom ettiradi. Suriya saralaşning oxirgi uçraşuvida Eronni qabul qilib 0:0 hisobida durang öynadi va 6 jamoadan iborat "A" guruhi jadvalida 5 oçko bilan 4-örinni egallab turibdi. Özbekiston esa Suriyaga qarşi öyindan oldin Seulda Koreyaga 1:2 hisobida mağlubiyatga uçragan edi. Özbekiston terma jamoasi ayni paytda guruh peşqadami Erondan 2 oçko orqada qolgan holda 9 oçko bilan 3-örinni band etgan.

Özbekiston va Suriya örtasidagi birinçi davradagi öyin Toşkentda ötgan. Öşa uçraşuvda Aleksandr Geynrix tomonidan kiritilgan yagona gol Özbekistonga 1:0 hisobidagi ğalabani taqdim etgan edi.