Avstriya oliy sudi tarixda birinçi marta Venada yaşovçi ikki kişi orasida tamaki çekiş deb uzoq davom etib kelayotgan nizoga aralaşişiga töğri keldi. Köp kvartirali uyda yaşovçi ikki qöşni örtasidagi nizo sigaret tutuni deb emas, balki sigaradan anquvçi hid deb vujudga keldi. Uyda yaşovçi erkaklardan biri tagidagi qöşnisining balkonidan yoki oynasidan yuqoriga kötarilayotgan sigara hidi sababli uzoq vaqt aziyat çekib kelgan. Natijada sud sigara ixlosmandiga kunning ma'lum soatlarida uyda çekişni taqiqlab qöydi.

Die Presse naşrining yozişiça, bu işdagi jabrlanuvçi 7-qavatda, uni bezovta qilayotgan qöşnisi esa 6-qavatda yaşaydi. Sigara çekuvçi erkak yozuvçi bölib, u kuniga 2 ta sigara: bir sigarani kunduzi, ikkinçisini esa tungi vaqtlarda işlaganda çekişga odatlangan. Qişda va ob-havo sovuq vaqtlarda u oynalari yopiq holatda, yozda esa balkonda yoki oynalarini oçib qöyib sigara çekadi. Aynan yozgi vaqtdagi sigara tutaşiş yuqori qavatdagi erkakni juda bezovta qiladi. Yuqoriga kötarilayotgan sigara dudi uning uyiga kirib, uning uxlaşiga xalaqit qilar ekan.

Sud uşbu işni batafsil taftiş qilib, yozuvçiga may oyidan oktabrgaça soat 22:00dan tonggi soat 06:00 gaça uyida çekişni taqiqlab qöydi. Uşbu taqiqlov kunduzi ham ma'lum soatlarda amal qilişi belgilab qöyildi, ya'ni erkak qöşnisi ovqatlanayotganda ham çeka olmaydi. Sovuq havoda esa erkak kunduzi bir neça soat çeka olmaydi, çunki qöşnisi uyini şamollatib turişi mumkin. Keçasi esa unga bemalol çekaverişga ruxsat etildi, çunki sovuq havoda bunday payt oynalar odatda yopiq böladi. Şu bilan birga sud sigara hidi haqiqatan ham jabrlanuvçining soğliğiga zarar yetkazişini va uning xonadonidagi tamaki tutuni qanday miqdorda ekanligini aniqlay olmagan.

Dastlab jabrlanuvçi qöşnisiga umuman kvartirasida çekişni taqiqlatmoqçi bölgan. Biroq sud bir uyda yaşovçi erkaklar qöşnilar örtasidagi munosabatlarni tartibga soluvçi huquqiy me'yorlarga amal qilişlari kerak, deb hisoblagan, demakki, ular bir-birlarining manfaatlarini hisobga olişlari lozim.