Eron parlamentariylari AQŞ mahsulotlarini xarid qilişni taqiqlovçi qonun loyihasini tayyorlaşdi. Hujjat AQŞning Tehronga nisbatan jazo çoralarini uzaytirganiga javob tariqasida hozirlangan, deb xabar qilmoqda Sputnik agentligi Eron parlamentidagi manbasiga tayangan holda.
"Majlis a'zolari har qanday Amerika mahsulotini xarid qilişni taqiqlaşni közda tutuvçi qonun loyihasini tayyorlaşdi. Bu AQŞ Senatining Eronga nisbatan jazo çoralarini uzaytirişga javobidir", — deya manba sözlarini keltiradi agentlik.
Uning sözlariga köra, qonun loyihasi parlamentda ovozga qöyiladi.
Eron energetika sanoatiga qarşi qaratilgan va respublikaning yadro quroliga ega bölişiga yöl qöymaslik maqsadida joriy qilingan sanksiya 2016 yil dekabrida öz kuçini yöqotgan edi.












