Eron TIVning bayonot berişiça, AQŞning Tehronga nisbatan sanksiyalarni uzaytirişga qaror qilişi Eron yadro dasturi böyiça kelişuvni buzadi, deb xabar qilmoqda Reyter agentligi.

"AQŞ Kongressi tomonidan jazo çoralarini uzaytiriş kelişuv bandlarini buziş hisoblanadi. Biz bu haqda bitim ijrosini kuzatuvçi Eron qömitasiga ma'lum qilamiz", — degan Eron TIV rasimy vakili Bahrom Qosimiy. 

AQŞ Senati 1 dekabrda ötkazgan majlisida Eronga nisbatan sanksiyalarni yana 10 yilga uzaytiriş böyiça qonun loyihasini qabul qildi. Senatorlarning aksariyati hujjatni ma'qullagan. 

Bundan avvalroq, Kongress Vakillar palatasi sanksiyalarni uzaytirişni qariyb bir ovozdan ma'qullagan edi. Bu prezident Barak Obamaning 1979 yilda Eronga nisbatan joriy qilingan sanksiyasini yana bir yilga uzaytiriş qarorining uzviy davomi böldi, deyiş mumkin. 

Ammo, kongressmenlar çeklov çoralarining uzoqroq muddatini yoqlaşdi. Endi hujjat, Obamaga yuboriladi va u 20 yanvargaça bölgan muddatda qonunni imzolaydi.