Indoneziya maxsus xizmatlari isyonni taşkillaştirişda gumon qilinayotgan 8 nafar kişini qölga oldi. Bu haqida Reuters agentligi xabar berdi.
Yana ikki kişi diniy adovatni qözğaşda gumon qilinib, hibsda saqlanmoqda. Qölga olinganlar orasida — siyosatçi va mamlakat sobiq prezidentining singlisi Raçmavati Sukarnoputri, rok-musiqaçi Ahmad Dxani va iste'fodagi general Kivlen Zen bölgan.
Isyonçilar bugun mamlakat poytaxti Jakartada bölib ötayotgan ommaviy norozilik namoyişlaridan foydalanmoqçi bölişgan. Politsiya ma'lumotlariga köra, ular omma oldida çiqiş qilib, odamlarni parlamentni qölga olişga çaqirişni rejalaştirişgan.
Bugun Yava orolidan taxminan 150 ming musulmon Jakarta köçalariga çiqdi. Ular şahar gubernatori - xristian diniga e'tiqod qiluvçi Basuki Tjaxaji Purnamaga qarşi norozilik namoyişlarini ötkazişmoqda. Xalqning fikriça, u Qur'oni Karimni haqorat qilgan. Purnamaning özi esa şunçaki saylov oldi kampaniyasida Qur'ondan foydalanayotgan raqiblarini tanqid qilganini ta'kidlamoqda.
Jakarta gubernatori saylovlari 2017 yilning fevralida bölib ötişi kutilmoqda. Bu Indoneziya siyosiy tizimida eng asosiy ahamiyatga ega lavozimlardan biri hisoblanadi. Purnamaning amaldagi gubernatori - prezident ittifoqdoşi Vidodo. Yaqin kunlargaça u mazkur poygada yetakçilik qilib kelayotgan edi. Biroq Qur'on bilan boğliq mojarolardan keyin, ijtimoiy sörovlarga köra, u yetakçilikni 38 yoşli musulmon muxolifatçisi, sobiq prezident Susilo Bambanga Yudoyononing öğli Agusu Yudoyonoga boy berdi.












