Tadbirkorlar va işbilarmonlar harakati – Özbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Özbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Şavkat Mirziyoyevning saylovoldi dasturida bugungi kunda öz yeçimini kutib turgan ijtimoiy masalalarni hal qiliş dolzarb vazifalardan biri ekani ta'kidlanadi. Bu borada nomzod “Islohot – islohot uçun emas, avvalo inson uçun” degan hayotiy tamoyilga ustuvor ahamiyat qaratadi.

Şu örinda ta'kidlaş joizki, bugungi kunda mamlakatimiz aholisining qariyb yarmi, ya'ni 16 million odam qişloq joylarda istiqomat qiladi. Har yili qişloqlarda 160 mingdan ortiq yoş oila barpo böladi. Tabiiyki, ularning aksariyati uy-joyga ehtiyoj sezadi.

Köplab rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning aksariyati öz uyiga ega bölmay, ijarada turişni ma'qul körsa, mamlakatimiz aholisi, asosan, öz uy-joyiga ega böliş, unda oilasi bilan baxtli hayot keçiriş, farzandlarini zamonaviy andozalar asosida barpo etilgan, barça şart-şaroitga ega uyda tarbiya qilişga intiladi. Odamlarimiz öz uyiga ega bölişni farovon va barqaror turmuşning muhim omili, deb biladi.

Mazkur masalaning dolzarbligini hisobga olgan holda, keyingi yillarda namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi uy-joylar quriş, qişloqda muhandislik, kommunikatsiyalar, ijtimoiy va bozor infratuzilmasini yaratiş borasida keng miqyosli işlar olib borildi. Tegişli dastur amaliyotga yönaltirilganidan buyon qişloq joylarda 69 ming 557 ta turar joy bunyod etilib, ötgan yetti yil davomida bu maqsadlarga mamlakatimiz tijorat banklari tomonidan 4,3 trillion söm mablağ yönaltirildi. Şu bilan bir qatorda, uşbu ezgu işlarga xalqaro moliyaviy institutlarning kredit liniyalari jalb etildi. Yuqorida keltirilgan raqamlar ortida öz uyiga ega bölgan baxtli ota-onalar va farzandlar, uy-joy şa¬roitlarini yaxşilab olgan ön minglab oilalar turganini anglaş qiyin emas.

Ayni paytda uşbu sohani örganiş aholining real ehtiyojlari va xarid qobiliyatini, şuningdek, milliy mentalitetni va qişloq joylarda yaşaş şaroitlarining xususiyatlarini töliq hisobga olib quriliş samaradorligini oşirişga yönaltirilgan prinsipial jihatdan yangi yondaşuvlarni işlab çiqiş zarurligini körsatdi. Qişloq aholisining zamonaviy va arzon uy-joyga ehtiyoji tobora ortib borayotgani uy-joy qurilişi uçun imtiyozli kreditlar berişning yanada qulay şartlarini joriy etiş, energiyani tejaydigan materiallar va asbob-uskunalarning yangi turlaridan foydalanişni kengaytiriş, şuningdek, uylarning tannarxini pasaytirişni taqozo etmoqda.

Özbekiston Respublikasi Prezident¬ligiga nomzod Şavkat Mirziyoyev öz Saylovoldi dasturida beş yilga möljallangan, tört xil yangi namunadagi, qulay va arzon uy-joylarni barpo etişga qaratilgan Qişloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar böyiça arzon uy-joylar quriş dasturini amalga oşirişning aniq yönalişlarini bayon qildi.